- وعنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "كل أمتي معافًى إلا المجاهرين، وإن من المجاهرة أن يعمل الرجل بالليل عملاً، ثم يصبح وقد ستره الله عليه فيقول: يا فلان عملت البارحة كذا وكذا، وقد بات يستره ربه، ويصبح يكشف ستر الله عنه" ((متفق عليه)) .
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Rasululloh ﷺning (shunday) deganlarini eshitdim: «Ummatimning hammasi (gunohlari) afv qilinadi, magar (oshkora) gunoh qiluvchilar (mujohirlar) bundan mustasno. Albatta, oshkoralikdan (biri) — kishi kechasi bir (gunoh) ish qilib, soʻng — Alloh uni yopib (yashirib) qoʻygan holda — ertalab: ‹Ey falon, men kecha shunday-shunday (ish) qildim› deyishidir; holbuki u Robbi uni yashirib turgan holda tunab chiqdi, soʻng (oʻzi) Allohning pardasini oʻzidan ochib (oshkor qilib) tongni qarshilaydi».