- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول صلى الله عليه وسلم: "كل سلامى من الناس عليه صدقة، كل يوم تطلع فيه الشمس: تعدل بين الاثنين صدقة، وتعين الرجل على دابته فتحمله عليها، أو ترفع له عليها متاعه صدقة. والكلمة الطيبة صدقة، وبكل خطوة تمشيها إلى الصلاة صدقة، وتميط الأذى عن الطريق صدقة" ((متفق عليه)). (17)
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Quyosh chiqadigan har bir kunda odamning har bir boʻgʻini uchun sadaqa (berishi) lozimdir», dedilar. «Ikki kishi oʻrtasida adolat qilishing sadaqadir, kishiga ulovida yordam berib, uni ustiga mindirishing yoki yukini ustiga ortib berishing sadaqadir», dedilar. «Yaxshi soʻz sadaqadir, namozga qarab tashlagan har bir qadaming sadaqadir va yoʻldan ozorni (zararli narsani) olib tashlashing sadaqadir», dedilar.