- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: سمع رسول الله صلى الله عليه وسلم صوت خصوم بالباب عالية أصواتهما، وإذا أحدهما يستوضع الآخر ويسترفقه في شيء، وهو يقول: والله لا أفعل، فخرج عليهما رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: “أين المتألي على الله لا يفعل المعروف؟ " فقال: أنا يا رسول الله ، فله أي ذلك أحب ، ((متفق عليه)) .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Allohning Rasuli ﷺ eshik oldida janjallashayotgan baʼzi raqiblarining baland ovozlarini eshitdi. Ulardan biri boshqasidan — oʻz qarzidan (biror qismini) chegirib (kamaytirib) berishni va unga muloyim boʻlishni — iltimos qilar edi, lekin boshqasi: «Allohga qasamki, men (shunday) qilmayman», — der edi. Allohning Rasuli ﷺ ularning oldiga (tashqariga) chiqdi va: «Allohga qasam ichib, yaxshilik qilmasman, degan kishi qaysi biringiz?» — dedi. Oʻsha kishi: «Men — oʻsha kishi(man), yo Rasululloh! Men raqibimga u xohlagan (narsa)ni beraman», — dedi.