- وعنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " شر الطعام طعام الوليمة، يمنعها من يأتيها، ويدعى إليها من يأباها، ومن لم يجب الدعوة فقد عصى الله ورسوله" ((رواه مسلم)). وفي رواية في " الصحيحين" عن أبي هريرة من قوله: " بئس الطعام طعام الوليمة يدعى إليها الأغنياء ويترك الفقراء"((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Eng yomon taom valima (toʻy ziyofati) taomidir: unga kelgan (kambagʻal) kishi undan toʻsiladi, undan bosh tortgan (boy) kishi esa unga daʼvat etiladi. Kim daʼvatni qabul qilmasa, u Alloh va Uning Rasuliga osiy boʻlibdi», — dedilar.