- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: جاءتني مسكينة تحمل ابنتين لها، فأطعمتها ثلاث تمرات، فأعطت كل واحدة منهما تمرة ورفعت إلى فيها تمرة لتأكلها ، فاستطعمتها ابنتاها، فشقت التمرة التي كانت تريد أن تأكلها بينهما، فأعجبني شأنها، فذكرت الذي صنعت لرسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: "إن الله قد أوجب لها بها الجنة، أو أعتقها بها من النار" ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi. U shunday dedi: Mening oldimga bir kambagʻal ayol ikki qizini koʻtarib keldi. Men unga uchta xurmo berdim. U ikki qizining har biriga bittadan xurmo berdi-da, bittasini yeyish uchun ogʻziga olib bordi. Shunda ikki qizi undan (yana) tilab qoldi, u oʻzi yemoqchi boʻlgan xurmoni ular orasida boʻlib berdi. Uning bu ishi menga juda yoqdi va men uning qilgan ishini Rasululloh ﷺ ga aytdim. U zot: «Albatta, Alloh shu (ish) sababli unga jannatni vojib qildi», yoki «Shu sababli uni doʻzaxdan ozod qildi», dedilar.