- وعن أبي يحيى صهيب بن سنان رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "عجبا لأمر المؤمن إن أمره كله له خير، وليس ذلك لأحد إلا للمؤمن : إن أصابته سراء شكر فكان خيراً له، وإن أصابته ضراء صبر فكان خيراً له" ((رواه مسلم)).
Suhayb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Moʻminning ishi qiziq! Albatta, uning butun ishi yaxshilikdir va bu moʻmindan boshqa hech kimga (nasib boʻlmagan)dir. Agar unga xursandchilik yetsa, shukr qiladi va bu unga yaxshi boʻladi; agar unga musibat yetsa, sabr qiladi va bu (ham) unga yaxshi boʻladi», dedilar.