- وعن عمرو بن الأحوض الجشمي رضي الله عنه أنه سمع النبي صلى الله عليه وسلم في حجة الوداع يقول بعد أن حمد الله تعالى، وأثنى عليه وذكر ووعظ، ثم قال: "ألا واستوصوا بالنساء خيرًا فإنما هن عوانٍ عندكم ليس تملكون منهن شيئا غير ذلك إلا أن يأتين بفاحشة مبينة، فإن فعلن فاهجروهن في المضاجع، واضربوهن ضربا غير مبرح، فإن أطعنكم فلا تبغوا عليهن سبيلا، ألا إن لكم على نسائكم حقا، ولنسائكم عليكم حقا، فحقكم عليهن أن لا يوطئن فرشكم من تكرهون، ولا يأذن في بيوتكم لمن تكرهون، ألا وحقهن عليكم أن تحسنوا إليهن في كسوتهن وطعامهن" ((رواه الترمذي وقال : حديث حسن صحيح)).
Sulaymon ibn Amr ibn al-Ahvas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, otasi unga (Amr ibn al-Ahvas (roziyallohu anhu)) Vidolashuv hajjida Rasululloh ﷺ bilan birga ishtirok etganini aytdi. (Paygʻambar ﷺ) Allohga hamd va sano aytib, eslatma va vaʼz qildilar — u (rovi) hadisda bir voqeani zikr qildi — soʻng (Paygʻambar ﷺ): «Ogoh boʻlinglar, ayollarga yaxshilik qilishni bir-biringizga tavsiya qilinglar, chunki ular sizlarning qoʻlingizdagi asirlardir. Ulardan bundan boshqa hech narsaga molik boʻlmaysizlar, magar ular ochiq-oydin fahsh ish qilsalar (bundan mustasno). Agar shunday qilsalar, ularni yotoqlarida tanho qoldiringlar va ularni ogʻritmaydigan tarzda uringlar. Agar sizlarga itoat qilsalar, ularga (qarshi) yoʻl izlamanglar. Ogoh boʻlinglar, sizlarning ayollaringiz ustida haqqingiz bor, ayollaringizning ham sizlar ustida haqqi bor. Sizlarning ayollaringiz ustidagi haqqingiz — yotoqlaringizga oʻzingiz yoqtirmagan kishini bostirmasliklari va uylaringizga oʻzingiz yoqtirmagan kishiga izn bermasliklaridir. Ogoh boʻlinglar, ularning sizlar ustidagi haqqi — kiyim-kechagi va taomida ularga yaxshilik qilishingizdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Uning «sizlarning qoʻlingizdagi avon» degan soʻzining maʼnosi — qoʻllaringizdagi asirlar demakdir.