- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أيضًا أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال؛ " لا يحل لامرأة أن تصوم وزوجها شاهد إلا بإذنه، ولا تأذن في بيته إلا بإذنه" ((متفق عليه وهذا لفظ البخاري)).
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildi)ki, Rasululloh ﷺ: «Ayolga — eri (uyda) hozir boʻ lgan paytda — uning iznisiz (nafl) roʻ za tutishi halol emas; va uning (erining) uyiga, uning iznisiz (hech kimni kirishga) izn bermasin; va u (xotin) — erining buyrugʻ isiz biror narsani (sadaqa qilib) sarflasa, uning (savobining) yarmi eriga beriladi», dedilar. (Buni Abu Zinod yana — Musodan, otasidan, Abu Hurayradan — roʻ za (haqi)da rivoyat qildi.)