- و عن أبي ثرية سبرة بن معبد الجهني رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " علموا الصبي الصلاة لسبع سنين" واضربوه عليها ابن عشر سنين" حديث حسن رواه أبو داود، والترمذي وقال حديث حسن. ولفظ أبي داود: " مروا الصبي بالصلاة إذا بلغ سبع سنين".
Sabra ibn Maʼbad al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bolaga yetti yoshida namozni oʻrgatinglar, oʻn yoshida esa uning (tark etgani) uchun urib (taʼlim) beringlar», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Amrdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Sabra ibn Maʼbad al-Juhaniyning hadisi hasan sahih hadisdir. Baʼzi ilm ahli nazdida amal shunga koʻra boʻlib, Ahmad va Ishoq ham shuni aytadilar. Ular: Bola oʻn yoshdan keyin namozni tark etsa, qaytadan oʻqiydi, dedilar. Abu Iso aytdi: Sabra — u Ibn Maʼbad al-Juhaniydir, uni Ibn Avsaja deb ham aytiladi.