- وعن أنس رضي الله عنه قال: مر النبي صلى الله عليه وسلم بامرأة تبكي عند قبر فقال : "اتقي الله واصبري" فقالت : إليك عني ، فإنك لم تصب بمصيبتي ( ولم تعرفه، فقيل لها : إنه النبي صلى الله عليه وسلم ، فأتت باب النبي صلى الله عليه وسلم، فلم تجد عنده بوابين، فقالت: لم أعرفك، فقال: "إنما الصبر عند الصدمة الأولى" ((متفق عليه)) .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ qabr yonida yigʻlab turgan bir ayol yonidan oʻtdilar. U zot unga Allohdan qoʻrqishni va sabr qilishni aytdilar. U (ayol) u zotga: «Mendan narida boʻl (ket); chunki sen menga yetgan(dek) musibatga giriftor boʻlmagansan», — dedi va u (zotni) tanimadi. Soʻng unga — u (zot) Paygʻambar ﷺ ekanligi — aytildi. Bas, u Paygʻambar ﷺ ning uyiga bordi va u yerda hech qanday qoʻriqchi topmadi. Soʻng u zotga: «Men sizni tanimagan edim», — dedi. U zot: «Shubhasiz, sabr — musibatning birinchi (zarbasi) paytida(dir)», — dedilar.