- وعنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " إن الله تعالى خلق الخلق حتى إذا فرغ منهم قامت الرحم، فقالت: هذا مقام العائذ بك من القطيعة، قال: نعم أما ترضين أن أصل من وصلك، وأقطع من قطعك؟ قالت: بلى، قال: فذلك لك، ثم قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " اقرءوا إن شئتم: (فهل عسيتم إن توليتم أن تفسدوا في الأرض وتقطعوا أرحامكم. أولئك الذين لعنهم الله فأصمهم وأعمى أبصارهم) [محمد: 22،32 ] ((متفق عليه)). وفي رواية للبخاري: فقال الله تعالى: " من وصلك، وصلته، ومن قطعك، قطعته".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, Alloh xaloyiqni yaratdi. Ularni yaratib boʻlgach, qarindoshlik rishtasi (rahm) oʻrnidan turib: ‹Bu (joy) aloqani uzishdan panoh tilovchining oʻrnidir›, dedi. (Alloh): ‹Ha. Seni ulagan kishi bilan ulashimdan va seni uzgan kishi bilan uzishimdan rozi emasmisan?› dedi. (Rahm): ‹Ha (roziman)›, dedi. (Alloh): ‹Bas, bu sen uchundir›, dedi», dedilar. Soʻngra Rasululloh ﷺ: «Istasangiz oʻqing: {Agar (hokimiyatga) yuz tutsangiz, yer yuzida buzgʻunchilik qilib, qarindoshlik rishtalaringizni uzishingiz ehtimoldan xoli emasdir. Ana oʻshalarni Alloh laʼnatlagan va quloqlarini kar, koʻzlarini koʻr qilib qoʻygandir. Ular Qurʼon ustida tafakkur qilmaydilarmi yoki qalblariga qulflar urilganmi?} (Muhammad surasi 22-24)», dedilar.