- وعنه النبي صلى الله عليه وسلم قال: "ليس الواصل بالمكافئ ولكن الواصل الذي إذا قَطَعت رحمُه وصلها" ((رواه البخاري)).
(Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo) rivoyat qildi)ki, Paygʻambar ﷺ: «(Haqiqiy) silayi rahm qiluvchi — (faqat yaxshilikni) qaytaruvchi (kishi) emas; balki (haqiqiy) silayi rahm qiluvchi — qarindoshligi uzilganda (qarindoshlari u bilan aloqani uzganda ham), uni (qaytadan) ulaydigan kishidir» dedilar.