- وعن أم المؤمنين ميمونة بنت الحارث رضي الله عنها أنها أعتقت وليدة ولم تستأذن النبي صلى الله عليه وسلم، فلما كان يومها الذي يدور عليها فيه، قالت: أشعرت يا رسول الله أني أعتقت وليدتي؟ قال: "أو فعلت؟" قالت: نعم. قال: "أما إنك لو أعطيتها أخوالك كان أعظم لأجرك" ((متفق عليه)).
Maymuna bint Horis (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U bir kanizni Nabiy ﷺdan ruxsat soʻramay ozod qilibdi. Navbati kelib, u zot huzurlariga borgan kunida: «Ey Allohning Rasuli, sezdingizmi, men kanizimni ozod qildim?» dedi. U zot: «Shundoq qildingmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Agar uni togʻalaringga berganingda, ajring kattaroq boʻlardi», dedilar.