- وعن زينب الثقفية امرأة عبد الله بن مسعود رضي الله عنه وعنها قالت: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "تصدقن يا معشر النساء ولو من حليكن" قالت: فرجعت إلى عبد الله بن مسعود فقلت له: إنك رجل خفيف ذات اليد وإن رسول الله صلى الله عليه وسلم قد أمرنا بالصدقة فأته، فاسأله، فإن كان ذلك يجزئ عني وإلا صرفتها إلى غيركم. فقال عبد الله: بل ائتيه أنت، فانطلقت، فإذا امرأة من الأنصار بباب رسول الله صلى الله عليه وسلم حاجتي حاجتها، وكان رسول الله صلى الله عليه وسلم قد ألقيت عليه المهابة، فخرج علينا بلال، فقلنا له: ائت رسول الله صلى الله عليه وسلم، فأخبره أن امرأتين بالباب تسألانك: أتجزئ الصدقة عنهما على أزواجهما وعلى أيتام في حجورهما؟ ولا تخبره من نحن، فدخل على أزواجهما وعلى أيتام في حجورهما؟ ولا تخبره من نحن، فدخل بلال على رسول الله صلى الله عليه وسلم، فسأله، فقال له رسول الله صلى الله عليه وسلم "من هما؟" قال: امرأة من الأنصار وزينب. فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم "أي الزيانب هي ؟" قال: امرأة عبد الله، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "لهما أجران: أجر القرابة وأجر الصدقة" ((متفق عليه)).
Zaynab — Abdullohning xotini (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, garchi zeb-ziynatlaringizdan boʻlsa ham», dedilar. (Zaynab) dedi: Soʻng men Abdullohning oldiga qaytib: «Sen qoʻli kalta (kambagʻal) kishisan, Rasululloh ﷺ esa bizni sadaqaga buyurdilar. Bas, u zotning oldiga borib, soʻragin: agar bu (sadaqa) mendan kifoya qilsa (mayli), boʻlmasa uni sizlardan boshqasiga beraman», dedim. (Zaynab) dedi: Abdulloh menga: «Yoʻq, oʻzing borgin», dedi. (Zaynab) dedi: Men bordim. Shunda Ansordan bir ayol Rasululloh ﷺ ning eshigida (turgan) ekan — uning hojati ham mening hojatim (kabi) edi. (Zaynab) dedi: Rasululloh ﷺ ga (shunday) bir salobat solingan edi (ulugʻvorligi tufayli soʻrashga botinolmasdik). (Zaynab) dedi: Soʻng oldimizga Bilol chiqdi. Biz unga: «Rasululloh ﷺ ning oldilariga borib, u zotga xabar bergin: eshikda ikki ayol bor, ular sendan ‹Sadaqa ularning erlari va qaramogʻidagi yetimlarga (berilsa) ulardan kifoya qiladimi?› deb soʻramoqdalar. Lekin u zotga biz kimligimizni aytmagin», dedik. (Zaynab) dedi: Bilol Rasululloh ﷺ ning oldilariga kirib, u zotdan soʻradi. Rasululloh ﷺ unga: «Ular kim?» dedilar. (Bilol) «Ansordan bir ayol va Zaynab», dedi. Rasululloh ﷺ: «Qaysi Zaynab?» dedilar. (Bilol) «Abdullohning xotini», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Ularga ikki savob bor: qarindoshlik savobi va sadaqa savobi», dedilar.