- وعن أبي أيوب خالد بن زيد الأنصاري رضي الله عنه أن رجلاً قال: يا رسول الله أخبرني بعمل يدخلني الجنة، ويباعدني من النار. فقال النبي صلى الله عليه وسلم: "تعبد الله، ولاتشرك به شيئًا، وتقيم الصلاة، وتؤتي الزكاة، وتصل الرحم" ((متفق عليه)).
(Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu) rivoyat qildi)ki, bir kishi: «Yo Rasululloh, meni jannatga kiritadigan bir amalni menga aytib bering» dedi. Odamlar: «Unga nima boʻldi? Unga nima boʻldi?» dedilar. Rasululloh ﷺ: «Uning hojati bor» dedilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ: «Allohga — Unga hech narsani shirik keltirmagan holda — ibodat qilasan, namozni (toʻkis) oʻqiysan, zakotni berasan va silayi rahm qilasan. Uni (ulovni) qoʻyiber» dedilar. (Roviy:) Goʻyo u (soʻragan kishi) oʻz ulovi ustida (turgan) edi.