- وعن أنس بن مالك رضي الله عنه قال: خرجت مع جرير بن عبد الله البجلي رضي الله عنه في سفر، فكان يخدمني فقلت له: لا تفعل، فقال: إني قد رأيت الأنصار تصنع برسول الله صلى الله عليه وسلم شيئًا آليت على نفسي أن لا أصحب أحدًا منهم إلا خدمته. ((متفق عليه)) .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliy bilan bir safarga chiqdim, u menga xizmat qilardi. Men unga: «Bunday qilma», — dedim. U: «Men ansorlarning Rasululloh ﷺ ga bir narsa (xizmat) qilayotganlarini koʻrgan edim, shuning uchun ulardan birortasi bilan birga boʻlsam, unga albatta xizmat qilishga ont ichganman», — dedi. Jarir Anasdan kattaroq edi.