- وعن جابر رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم كان يجمع بين الرجلين من قتلى أحد يعني في القبر، ثم يقول: أيهما أكثر أخذًا للقرآن؟" فإذا أشير له إلى أحدهما قدمه في اللحد. ((رواه البخاري)).
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Uhud shahidlaridan ikki kishini bitta qabrga jamlar edilar. Soʻng: «Bulardan qay biri Qurʼonni koʻproq yod olgan?» deb soʻrardilar. U zotga ulardan biriga ishora qilinsa, oʻsha kishini lahadga oldinroq qoʻyardilar.