- وعن أبي موسى رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن من إجلال الله تعالى إكرام ذي الشيبة المسلم، وحامل القرآن غير الغالي فيه، والجافي عنه وإكرام ذي السلطان المقسط" ((حديث حسن رواه أبو داود)).
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh taoloni ulugʻlashning (bir koʻrinishi) — soch-soqoli oqargan musulmonni, Qurʼon homilasi boʻlmish, unda haddan oshmaydigan va undan yuz oʻgirmaydigan kishini hamda adolatli hukmdorni izzat-ikrom qilishdir», dedilar.