- وعن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم : أن رجلاً زار أخا له في قرية أخرى، فأرصد الله تعالى على مدرجته ملكًا، فلما أتى عليه قال: أين تريد؟ قال: أريد أخًا لي في هذه القرية. قال: هل لك عليه من نعمة تربها عليه؟ قال: لا غير أني أحببت في الله تعالى، قال: فإنى رسول الله إليك بأن الله قد أحبك كما أحببته فيه" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan, u Paygʻambar ﷺ dan rivoyat qiladi: «Bir kishi boshqa bir qishloqdagi birodarini ziyorat qildi. Shunda Alloh uning yoʻlida unga (kuzatuvchi qilib) bir farishtani tayinladi. Farishta uning oldiga kelganida: ‹Qayerga bormoqchisan?› dedi. (U): ‹Shu qishloqdagi bir birodarimni (deb bormoqchiman)›, dedi. (Farishta): ‹Uning sendagi (qaytarishni istagan) biror neʼmati bormi?› dedi. (U): ‹Yoʻq, faqat men uni aziz va jalil Alloh (yoʻli) uchun sevaman›, dedi. (Farishta): ‹Men sening oldingga Allohdan elchiman: Alloh sen uni Oʻzi uchun sevganing kabi seni ham sevdi (deb xabar berish uchun keldim)›, dedi».