- وعن أبي موسى الأشعري رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "إنما مثل الجليس الصالح وجليس السوء، كحامل المسك، ونافخ الكير، فحامل المسك، إما أن يحذيك، وإما أن تبتاع منه، وإما أن تجد منه ريحًا طيبة، ونافخ الكير، إما أن يحرق ثيابك ، وإما أن تجد منه ريحًا منتنة" ((متفق عليه)) .
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan, u Nabiy ﷺ dan rivoyat qiladi. U zot shunday dedilar: «Yaxshi hamsuhbat bilan yomon hamsuhbatning misoli misk koʻtaruvchi bilan bosqon (koʻrik) puflovchining misoli kabidir. Misk koʻtaruvchi senga yo (miskdan) hadya qiladi, yoki undan sotib olasan, yoki undan xushboʻy hid topasan. Bosqon puflovchi esa yo kiyimingni kuydiradi, yoki (undan) yomon hid topasan».