- وعن أنس، رضي الله عنه ، أن رجلاً كان عند النبي، صلى الله عليه وسلم، فمر رجل به، فقال: يا رسول الله إني لأحب هذا، فقال له النبي صلى الله عليه وسلم: "أأعلمته؟" قال: لا : قال: "أعلمه" فلحقه، فقال : إني أحبك في الله، فقال: أحبك الله الذي أحببتني له. ((رواه أبو داود بإسناد صحيح)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Paygʻambar ﷺning huzurlarida edi. Shunda uning yonidan bir kishi oʻtib qoldi-da, (huzurda oʻtirgan kishi): «Yo Rasululloh, men bu kishini sevaman», dedi. Paygʻambar ﷺ unga: «Buni unga bildirdingmi?» dedilar. U: «Yoʻq», dedi. U zot ﷺ: «Unga bildir», dedilar. (Anas) aytadi: U kishiga yetib olib: «Men seni Alloh uchun sevaman», dedi. (Anavi kishi esa): «Meni oʻzi uchun sevganing seni ham sevsin», dedi.