- وعن ابن مسعود، رضي الله عنه ، قال: حدثنا رسول الله صلى الله عليه وسلم، وهو الصادق المصدوق: "إن أحدكم يجمع خلقه في بطن أمه أربعين يوماً نطفةً، ثم يكون علقة مثل ذلك، ثم يكون مضغةً مثل ذلك، ثم يرسل الملك، فينفخ فيه الروح، ويؤمر بأربع كلمات: يكتب رزقه، وأجله، وعمله، وشقى أم سعيد. فوالذي لا إله غيره إن أحدكم ليعمل بعمل أهل الجنة حتى ما يكون بينه وبينها إلى ذراع، فيسبق عليه الكتاب ، فيعمل بعمل أهل النار فيدخلها، وإن أحدكم ليعمل بعلم أهل النار حتى ما يكون بينه وبينها إلا ذراع، فيسبق عليه الكتاب فيعمل بعمل أهل الجنة فيدخلها" ((متفق عليه)) .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bizga Rasululloh ﷺ — u zot rost soʻzlovchi, (Olloh tomonidan) tasdiqlangan zotdir — hadis aytib, dedilar: «Sizlardan birortangizning yaratilishi onasining qornida qirq kun (toʻplanib) jamlanadi, soʻng shuncha (qirq kun) muddatda u alaqa (laxta qon) boʻladi, soʻng shuncha (qirq kun) muddatda u mudgʻa (chaynalgan goʻsht boʻlagi) boʻladi. Soʻng (unga) farishta yuborilib, unga ruh puflaydi va (farishtaga) toʻrt soʻz — uning rizqini, ajalini, amalini hamda baxtsiz yoki baxtli boʻlishini yozish buyuriladi. Oʻzidan boshqa iloh boʻlmagan Zotga qasamki, sizlardan biri jannat ahlining amalini qiladi, hatto u bilan jannat orasida bir gazdan boshqa (masofa) qolmaydi, shunda unga (azaliy) yozuv oʻzib ketadi va u doʻzax ahlining amalini qilib, doʻzaxga kiradi. Sizlardan biri esa doʻzax ahlining amalini qiladi, hatto u bilan doʻzax orasida bir gazdan boshqa (masofa) qolmaydi, shunda unga (azaliy) yozuv oʻzib ketadi va u jannat ahlining amalini qilib, jannatga kiradi», — dedilar.