- وعن عدى بن حاتم، رضي الله عنه ، قال: قال رسول الله، صلى الله عليه وسلم "ما منكم من أحد إلا سيكلمه ربه ليس بينه وبينه ترجمان، فينظر أيمن منه، فلا يرى إلا ماقدم، وينظر أشأم منه، فلا يرى إلا ما قدم، وينظر بين يديه، فلا يرى إلا النار تلقاء وجهه، فاتقوا النار ولو بشق تمرة" ((متفق عليه)) .
(Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ: «Sizlardan hech bir kishi (istisno) yoʻqki, magar Robbi u bilan (bevosita) soʻzlashadi — uning bilan Uning orasida tarjimon boʻlmaydi. Bas, u oʻngiga qaraydi — oʻzi (oldindan) qilgan amalidan boshqa narsani koʻrmaydi; chapiga qaraydi — oʻzi qilgan (amal)dan boshqa narsani koʻrmaydi; oldiga qaraydi — yuzi roʻparasida doʻzaxdan boshqa narsani koʻrmaydi. Bas, doʻzaxdan — bir boʻlak xurmo bilan boʻlsa-da — saqlaninglar», dedilar. (Aʼmash aytdi: Menga Amr ibn Murra Xaysamadan shuningdek (rivoyat qildi) va unda: «(Agar) bir chiroyli (yaxshi) soʻz bilan (boʻlsa-da)», deb ziyoda qildi.)