- وعن أبي هريرة، رضي الله عنه ، قال: قرأ رسول الله، صلى الله عليه وسلم {يومئذ تحدث أخبارها} ثم قال: "أتدرون ما أخبارها؟" قالوا الله ورسوله أعلم. قال: "فإن أخبارها أن تشهد كل عبد أو أمة بما عمل على ظهرها تقول: عملت كذا وكذا في يوم كذا وكذا، فهذه أخبارها" ((رواه الترمذي وقال : حديث حسن صحيح)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ ushbu oyatni: {Oʻsha kuni u (yer) oʻz xabarlarini soʻzlab beradi} (Zalzala 4), deb oʻqidilar-da: «Uning xabarlari nima ekanini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», dedilar. U zot: «Uning xabarlari shuki, u har bir erkak yoki ayol banda uning usti (yuza)sida qilgan ishi haqida guvohlik beradi. U: ‹Falonchi falon kuni shunday-shunday ish qildi›, deydi. Mana shu uning xabarlaridir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.