- وعن أنس ، رضي الله عنه ، أن النبي صلى الله عليه وسلم، ومعاذ رديفه على الرحل قال: "يا معاذ" قال: لبيك يا رسول الله وسعديك، قال: "يامعاذ" قال :لبيك يا رسول الله وسعديك. قال: "يا معاذ" قال: لبيك يا رسول الله وسعديك ثلاثاً، قال: "ما من عبد يشهد أن لا إله إلا الله ، وأن محمداً عبده ورسوله صدقاً من قلبه إلا حرمه الله على النار" قال: يا رسول الله أفلا أخبر بها الناس فيستبشروا؟ قال: "إذا يتكلوا" فأخبر بها معاذ عند موته تأثما . ((متفق عليه)) .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Muoz Rasululloh ﷺ bilan birga (ulovda orqalarida) hamroʻh edi. Rasululloh ﷺ: «Ey Muoz ibn Jabal!» — dedilar. Muoz: «Labbayk va saʼdayk, yo Rasululloh!» — dedi. U zot yana: «Ey Muoz!» — dedilar. Muoz uch marta: «Labbayk va saʼdayk, yo Rasululloh!» — dedi. Rasululloh ﷺ: «Allohdan boshqa haq maʼbud yoʻq va Muhammad Uning Rasuli, deb chin dildan guvohlik bergan har bir kishini Alloh doʻzax oʻtidan saqlaydi», — dedilar. Muoz: «Yo Rasululloh, odamlarga buni xabar bermayinmi — xushxabar olsinlar?» — dedi. U zot: «Odamlar buni eshitsa, faqat shunga suyanib (amalni tashlab) qoʻyadilar», — dedilar. Muoz esa (ilmni yashirib) gunohga qolishdan qoʻrqib, bu hadisni vafotidan oldin rivoyat qildi.