- وعن أبي هريرة، رضي الله عنه ، قال: قال رسول الله ، صلى الله عليه وسلم لما خلق الله الخلق، كتب في كتاب، فهو عنده فوق العرش: إن رحمتي تغلب غضبي". ((متفق عليه))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh Odamni yaratganida, uning belini siladi. Shunda uning belidan Qiyomat kunigacha yaratadigan har bir jonzot — zurriyotidan — tushdi va ularning har bir insonining ikki koʻzi orasida nurdan bir yorugʻlik qildi. Soʻng ularni Odamga koʻrsatdi. Odam: ‹Ey Robbim, bular kimlar?› dedi. (Alloh:) ‹Bular sening zurriyotingdir›, dedi. Odam ulardan bir kishini koʻrib, uning ikki koʻzi orasidagi yorugʻlik uni hayratga soldi-da: ‹Ey Robbim, bu kim?› dedi. (Alloh:) ‹Bu sening zurriyotingdan, oxirgi ummatlardan boʻlgan bir kishi, unga Dovud deyiladi›, dedi. (Odam:) ‹Robbim, uning umrini qancha qilding?› dedi. (Alloh:) ‹Oltmish yil›, dedi. (Odam:) ‹Ey Robbim, mening umrimdan unga qirq yil qoʻshgin›, dedi. Odamning umri tugaganda, oʻlim farishtasi keldi. Odam: ‹Mening umrimdan qirq yil qolmaganmidi?› dedi. (Farishta:) ‹Uni oʻgʻling Dovudga bermaganmiding?› dedi. Shunda Odam tonib qoʻydi, bas, uning zurriyoti ham tonadigan boʻldi; Odam unutdi, bas, uning zurriyoti ham unutadigan boʻldi; Odam xato qildi, bas, uning zurriyoti ham xato qiladigan boʻldi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. U Abu Hurayradan Paygʻambar ﷺ orqali bir necha yoʻl bilan ham rivoyat qilingan.