- وعنه عن النبي صلى الله عليه وسلم، فيما يحكى عن ربه، تبارك وتعالى، قال: “أذنب عبدي ذنباً، فقال: اللهم اغفر لى ذنبي، فقال الله تبارك وتعالى: أذنب عبدى ذنبا، فعلم أن له رباً يغفر الذنب، ويأخذ بالذنب، ثم عاد فأذنب، فقال: أي رب اغفر لي ذنبي، فقال تبارك وتعالى: أذنب عبدي ذنباً، فعلم أن له رباً يغفر الذنب، ويأخذ بالذنب، ثم عاد فأذنب، فقال: أي رب اغفر لى ذنبي، فقال، تبارك وتعالى: أذنب عبدي ذنباً، فعلم أن له رباً يغفر الذنب، ويأخذ بالذنب، قد غفرت لعبدى فليفعل ما شاء” ((متفق عليه)) . وقوله تعالى: “فليفعل ما شاء” أي: ما دام يفعل هكذا، يذنب ويتوب اغفر له، فإن التوبة تهدم ما قبلها.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ oʻz Robbi azza va jalladan hikoya qilib, u zot dedilar: «Bir banda bir gunoh qildi-da: ‹Allohim, gunohimni magʻfirat qil›, dedi. Shunda (Alloh) tabaroka va taolo: ‹Bandam bir gunoh qildi va uning gunohni magʻfirat qiladigan hamda gunoh uchun (jazoga) tutadigan Robbi borligini bildi›, dedi. Soʻng u yana (gunohga) qaytib gunoh qildi-da: ‹Ey Robbim, gunohimni magʻfirat qil›, dedi. Shunda (Alloh) tabaroka va taolo: ‹Bandam bir gunoh qildi va uning gunohni magʻfirat qiladigan hamda gunoh uchun (jazoga) tutadigan Robbi borligini bildi›, dedi. Soʻng u yana qaytib gunoh qildi-da: ‹Ey Robbim, gunohimni magʻfirat qil›, dedi. Shunda (Alloh) tabaroka va taolo: ‹Bandam bir gunoh qildi va uning gunohni magʻfirat qiladigan hamda gunoh uchun (jazoga) tutadigan Robbi borligini bildi. Bas, xohlaganingni qil, Men seni magʻfirat qildim›, dedi». Abdul-Aʼlo dedi: «xohlaganingni qil» (deganini) uchinchisidami yoki toʻrtinchisidami aytganini bilmadim.