- وعن ابن مسعود، رضي الله عنه ، قال: كنا مع رسول الله صلى الله عليه وسلم في قبة نحوا من أربعين ، فقال: "أترضون أن تكونوا ربع أهل الجنة؟" قلنا نعم، قال: أترضون أن تكونوا ثلث أهل الجنة؟ قلنا: نعم، قال: "والذي نفسى محمد بيده إني لأرجو أن تكونوا نصف أهل الجنة، وذلك أن الجنة لا يدخلها إلا نفس مسلمة، وما أنتم في أهل الشرك إلا كالشعرة البيضاء في جلد الثور الأسود، أو كالشعرة السوداء في جلد الثور الأحمر" ((متفق عليه)) .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan bir chodirda edik. U zot: «Jannat ahlining toʻrtdan bir qismi boʻlishga rozimisizlar?», dedilar. Biz: «Ha», dedik. U zot: «Jannat ahlining uchdan bir qismi boʻlishga rozimisizlar?», dedilar. Biz: «Ha», dedik. U zot: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, men sizlar jannat ahlining yarmi boʻlishingizni umid qilaman. Chunki jannatga faqat musulmon jongina kiradi. Sizlar mushriklar orasida qora hoʻkiz terisidagi bitta oq tukdek, yoxud qizil hoʻkiz terisidagi bitta qora tukdeksizlar», dedilar.