- وعن أبي موسى الأشعري، رضي الله عنه ، عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " إذا أراد الله تعالى، رحمة أمةٍ ، قبض نبيها قبلها، فجعله لها فرطاً وسلفاً بين يديها، وإذا أراد هلكة أمةٍ، عذبها ونبيها حي، فأهلكها وهو حى ينظر، فأقر عينه بهلاكها حين كذبوه وعصوا امره" ((رواه مسلم)).
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Alloh azza va jalla Oʻz bandalaridan boʻlgan biror ummatga rahmat qilishni iroda qilsa, ularning paygʻambarini ulardan oldin (vafot ettirib) oladi va uni ular uchun oldindan boruvchi va ular oldida (joʻnatilgan) salaf qilib qoʻyadi. Bir ummatning halokatini iroda qilsa, uni paygʻambari hayot ekan azoblaydi va u (paygʻambar buni) koʻrib turgan holida ularni halok qiladi. (Ana shunda) ular uni yolgʻonchiga chiqarib, amriga osiy boʻlganlari uchun (Alloh) ularning halokati bilan uning koʻzini quvontiradi», — dedilar.