- وعن أبي سعيد الخدري، رضي الله عنه ، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إذا وضعت الجنازة واحتملها الناس أو الرجال على أعناقهم، فإن كانت صالحة قالت: فدموني قدموني، وإن كانت غير صالحة، قالت يا ويلها! أين تذهبون بها؟ يسمع صوته كل شئ إلا الإنسان، ولو سمعه صعق" ((رواه البخاري)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Janoza tayyor boʻlib, erkaklar uni yelkalarida koʻtarganda, agar mayyit solih (yaxshi) boʻlgan boʻlsa, u: ‹Meni (tezroq) eltinglar›, — deydi; agar u solih boʻlmagan boʻlsa, u: ‹Voy uning (mening) holiga! Uni (meni) qayerga olib ketyapti?› — deydi. Uning ovozini insondan boshqa har bir narsa eshitadi; agar inson uni eshitsa, hushdan ketar edi», — dedilar.