- وعنه قال: قال أبو بكر لعمر، رضي الله عنهما، بعد وفاة رسول الله، صلى الله عليه وسلم: انطلق بنا إلى أم أيمن ، رضي الله عنها، نزورها كما كان يزورها ، فلما انتهينا إليها بكت، فقالا: ما يبكيك؟ أما تعلمين أن ما عند الله تعالى خير لرسول الله، صلى الله عليه وسلم قالت: إنى لا أبكي ، أني لا أعلم أن ما عند الله خير لرسول الله صلى الله عليه وسلم ، ولكنى أبكي أن الوحي قد انقطع من السماء، فهيجتهما على البكاء، فجعلا يبكيان معها. ((رواه مسلم وقد سبق في باب زيارة أهل الخير)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ vafot etganlaridan keyin Abu Bakr Umarga: «Yur, Umm Aymanning oldiga boraylik, Rasululloh ﷺ uni ziyorat qilib turganlaridek, biz ham uni ziyorat qilaylik», dedi. Uning oldiga yetib borganimizda u yigʻladi. Ikkovi unga: «Nima seni yigʻlatadi? Allohning huzuridagi narsa Rasuli ﷺ uchun (bu dunyodagidan) yaxshiroqdir-ku», dedi. U: «Men Allohning huzuridagi narsa Rasuli ﷺ uchun yaxshiroq ekanini bilmaganimdan yigʻlayotganim yoʻq, balki osmondan (keladigan) vahiy uzilib qolgani uchun yigʻlayapman», dedi. Shunda u ikkovini ham yigʻlatib yubordi va ikkovi u bilan birga yigʻlay boshlashdi.