- وعن إبراهيم بن عبد الرحمن بن عوف أن عبد الرحمن بن عوف، رضي الله عنه ، أتي بطعام وكان صائما، فقال: قتل مصعب بن عمير رضي الله عنه، وهو خير مني، فلم يوجد له ما يكفن به إلا بردة إن غطى بها رأسه بدت رجلاه، وإن غطى بها رجلاه بدا رأسه، ثم بسط لنا من الدنيا ما بسط -أو قال: أعطينا من الدنيا ما أعطينا -قد خشينا أن تكون حسناتنا عجلت لنا. ثم جعل يبكي حتى ترك الطعام. ((رواه البخاري)).
Ibrohim (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Abdurrahmon ibn Avfning oldiga taom keltirildi — u roʻza tutgan edi. U: «Musʼab ibn Umayr shahid boʻldi — u mendan yaxshiroq edi — va oʻz burdiga kafanlandi; (burd) bilan boshi yopilsa, oyoqlari ochilib qolar, oyoqlari yopilsa, boshi ochilib qolar edi. Hamza shahid boʻldi — u (ham) mendan yaxshiroq edi. Endi bizga dunyo boyligi berildi (yoki shunga oʻxshash narsa aytdi). Shubhasiz, men — amallarimning savobi bu dunyodayoq menga erta berib yuborilgan boʻlishidan — qoʻrqaman», — dedi, soʻng yigʻlay boshladi va taomini (yemay) tark etdi.