- وعنه قال: قال رسول الله، صلى الله عليه وسلم : “يؤتى بأنعم أهل الدنيا من أهل النار يوم القيامة، فيصبغ في النار صبغة، ثم يقال: يا ابن آدم هل رأيت خيراً قط؟ هل مر بك نعيم قط؟ فيقول: لا والله يا رب. ويؤتى بأشد الناس بؤساً في الدنياً من أهل الجنة، فيصبغ صبغة في الجنة، فيقال له: يا ابن آدم هل رأيت بؤساً قط؟ هل مربك شدة قط؟ فيقول: لا، والله، ما مر بى بؤس قط، ولا رأيت شدة قط" ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qiyomat kuni doʻzax ahlidan boʻlgan, dunyoda eng farovon yashagan kishi keltirilib, doʻzaxda bir marta botiriladi. Soʻng: ‹Ey Odam farzandi! Sen biror yaxshilik koʻrganmiding? Senga biror neʼmat oʻtganmidi?› — deyiladi. U: ‹Yoʻq, Allohga qasam, ey Robbim!› — deydi. Jannat ahlidan boʻlgan, dunyoda eng ogʻir hayot kechirgan kishi keltirilib, jannatda bir marta botiriladi. Soʻng unga: ‹Ey Odam farzandi! Sen biror musibat koʻrganmiding? Senga biror qiyinchilik oʻtganmidi?› — deyiladi. U: ‹Yoʻq, Allohga qasam, ey Robbim, menga biror musibat oʻtmagan va men biror qiyinchilik koʻrmaganman›, — deydi», — dedilar.