- وعن جابر، رضي الله عنه أن رسول الله، صلى الله عليه وسلم، مر بالسوق والناس كنفتيه، فمر بجدى أسك ميت، فتناوله، فأخذ بأذنيه، ثم قال: "أيكم يحب أن يكون هذا له بدرهم؟ " فقالوا: ما نحب أنه لنا بشئ ومانصنع به؟ ثم قال: “أتحبون أنه لكم؟ قالوا: والله لو كان حياً كان عيباً؛ أنه أسك. فكيف وهو ميت _! فقال: "فوالله للدنيا أهون على الله من هذا عليكم" ((رواه مسلم)).
('قوله: كنفتيه أي: على جانبيه. و الأسك الصغير الأذن.')
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Oliyaning bir tomonidan kelib bozordan oʻtdilar, odamlar esa u zotning atrofida edi. U zot qulogʻi kichik (kalta) bir oʻlik uloq yonidan oʻtdilar-da, uni qoʻllariga olib, qulogʻidan ushladilar, soʻng: «Sizlardan qaysingiz buni bir dirhamga olishni xohlaydi?» — dedilar. Ular: «Biz buni hech narsaga ham olishni xohlamaymiz, uni nima qilamiz?» — dedilar. U zot: «Buni (tekinga) olishni xohlaysizlarmi?» — dedilar. Ular: «Vallohi, agar tirik boʻlganida ham unda ayb bor edi, chunki uning qulogʻi kalta. Endi u oʻlik boʻlsa, qanday (olamiz)?!» — dedilar. Shunda u zot: «Vallohi, dunyo Alloh nazdida sizlarning nazaringizda bu (oʻlik uloq) qanchalik arzimas boʻlsa, undan ham arzimasroqdir», — dedilar.