- وعن معاذ بن أنس رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " من كظم غيظاً ، وهو قادر على أن ينفذه، دعاه الله سبحانه وتعالى على رؤوس الخلائق يوم القيامة حتى يخيره من الحور العين ما شاء" ((رواه أبو داود، والترمذي وقال: حديث حسن)).
Muoz ibn Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kim gʻazabini ichiga yutsa — holbuki uni amalga oshirishga qodir boʻlsa — Alloh azza va jalla qiyomat kuni uni barcha xaloyiqning boshi ustida chaqirib, Alloh uni hurlardan xohlaganini tanlashga ixtiyor beradi», dedilar.