- وعن ابن عمر، رضي الله عنهما، قال: أخذ رسول الله صلى الله عليه وسلم بمنكبي، فقال: "كن في الدنيا كأنك غريب، أو عابر سبيل". وكان ابن عمر، رضي الله عنهما، يقول: إذا أمسيت، فلا تنتظر الصباح، وإذا أصبحت لا تنتظر المساء، وخذ من صحتك لمرضك ومن حياتك لموتك. ((رواه البخاري)).
(Mujohid rivoyat qiladiki,) Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi: Rasululloh ﷺ yelkamdan ushlab: «Bu dunyoda goʻyo bir gʻarib (musofir) yoki yoʻlovchidek boʻl», dedilar. Ibn Umar (yana) aytardi: «Kechga kirsang, tongni kutma; tongga chiqsang, kechni kutma; sogʻligʻingdan kasalliging uchun, hayotingdan oʻliming uchun (zaxira) ol».