- وعن عبد الله بن عمرو بن العاص، رضي الله عنهما، قال: مر علينا رسول الله، صلى الله عليه وسلم ، ونحن نعالج خصاً لنا فقال: " ما هذا؟" فقلنا: قد وهي، فنحن نصلحه، فقال: " ما أرى الأمر إلا أعجل من ذلك".
رواه أبو داود، والترمذي بإسناد البخاري ومسلم، وقال الترمذي: ((حديث حسن صحيح)).
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Biz oʻzimizning bir kapamizni tuzatib turganimizda Rasululloh ﷺ yonimizdan oʻtib qolib: «Bu nima?» dedilar. Biz: «U eskirib qolibdi, shuni tuzatyapmiz», dedik. U zot: «Men ish (yaʼni ajal) bundan ham tezroq (keladi) deb oʻylayman», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Abu Safarning ismi Said ibn Yuhmid boʻlib, Ibn Ahmad as-Savriy ham deyiladi.