- وعن عبد الله بن مغفل، رضي الله عنه، قال: قال رجل للنبي صلى الله عليه وسلم يارسول الله، والله إنى لأحبك، فقال: " انظر ماذ تقول؟" قال: والله إنى لأحبك، ثلاث مرات، فقال: " إن كنت تحبنى فأعد للفقر تجفافاً، فإن الفقر أسرع إلى من يحبنى من السيل إلى منتهاه" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن)).
'التجفاف بكسر التاء المثناه فوق وإسكان الجيم وبالفاء المكررة، وهو شىء يلبسة الفرس، ليتقي به الأذى، وقد يلبسة الإنسان.'
Abdulloh ibn Mugʻaffal (roziyallohu anhu) aytadi: Bir kishi Nabiy ﷺga: «Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, men sizni sevaman», dedi. U zot: «Nima deyayotganingni oʻylab koʻr», dedilar. U: «Allohga qasamki, men sizni sevaman», dedi. U zot: «Nima deyayotganingni oʻylab koʻr», dedilar. U: «Allohga qasamki, men sizni sevaman», deb uch marta aytdi. Shunda u zot: «Agar meni sevsang, faqirlikka qarshi soviut tayyorla. Chunki faqirlik meni sevadigan kishiga sel oʻz oxiriga yetganidan ham tezroq keladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.