- وعن عبد الله بن مسعود، رضي الله عنه، قال: نام رسول الله صلى الله عليه وسلم، على حصير، فقال وقد أثر في جنبه. قلنا: يا رسول الله لو اتخذنا لك وطاء! فقال: " مالي وللدنيا؟ ما أنا في الدنيا إلا كراكب استظل تحت شجرة ثم راح وتركها”. ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ boʻyrada uxlab, oʻrinlaridan turdilar, boʻyra (izi) yonboshlarida iz qoldirgan edi. Biz: «Yo Rasululloh, sizga (yumshoq) toʻshak tayyorlasak boʻlmasmidi?» dedik. Shunda u zot: «Mening dunyo bilan ne ishim bor?! Men bu dunyoda bir daraxt tagida soyalanib, soʻng ketib, uni tashlab qoʻyadigan otliqdan boshqa narsa emasman», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Umar va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.