- وعن عروة عن عائشة، رضي الله عنها، أنها كانت تقول: والله يا ابن اختي إن كنا لننظر إلى الهلال، ثم الهلال: ثلاثة أهلة في شهرين، وما أوقد في أبيات رسول صلى الله عليه وسلم ، نار. قلت: يا خالة فما كان يعيشكم؟ قالت: الأسودان: التمر والماء، إلا أنه قد كان لرسول الله صلى الله عليه وسلم جيران من الأنصار، وكانت لهم منائح وكانوا يرسلون إلى رسول الله من ألبانها فيسقينا. ((متفق عليه)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Vallohi, ey jiyanim, biz hilolga, soʻng (yana) hilolga, soʻng (yana) hilolga qarardik — ikki oyda uchta hilol (oʻtardi-yu), Rasululloh ﷺ ning uylarida oʻt yoqilmasdi». (Urva) dedi: men: «Ey xolajon, unda sizlarni nima tirik saqlardi?» dedim. (Oisha): «Ikki qora narsa — xurmo va suv. Faqat Rasululloh ﷺ ning ansorlardan qoʻshnilari bor edi, ularning sutlik (hadya) hayvonlari boʻlardi, ular Rasululloh ﷺ ga oʻsha (hayvonlarning) sutidan yuborib turishardi, u zot esa uni bizga ichkizardilar».