- وعن أبي يزيد معن بن يزيد بن الأخنس رضي الله عنهم، وهو وأبوه وجده صحابيون، قال: كان أبي يزيد أخرج دنانير يتصدق بها فوضعها عند رجل في المسجد فجئت فأخذتها فأتيته بها، فقال: والله ما إياك أردت، فخاصمته إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: " لك ما نويت يا يزيد، ولك ما أخذت يامعن" ((رواه البخاري)).
Maʼn ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Mening bobom, otam va men Rasululloh ﷺ ga bayʼat berdik. Paygʻambar ﷺ meni unashtirdilar (qiz koʻrsatdilar) va keyin uylantirdilar. Bir kuni men Paygʻambar ﷺ ga bir shikoyat bilan bordim. Otam Yazid sadaqa uchun baʼzi oltin (tangalar)ni olib, ularni masjiddagi bir kishining oldida (kambagʻallarga berishi uchun) qoldirgan edi. Lekin men borib, ularni olib, otamga keltirdim. Otam: ‹Allohga qasamki, men ularni senga (berishni) niyat qilmadim›, — dedi. Men (bu masalani) Rasululloh ﷺ ga olib bordim. Shunda Rasululloh ﷺ: ‹Ey Yazid, sen niyat qilgan (savob)ing senga (beriladi); ey Maʼn, sen olgan narsa seniki›, — dedilar.