- وعن محمد بن سيرين عن أبي هريرة، رضي الله عنه، قال: لقد رأيتني وإني لأجر فيما بين منبر رسول الله، صلى الله عليه وسلم، إلى حجرة عائشة رضي الله عنها مغشياً علي، فيجيء الجائي، فيضع رجلة على عنقي، ويرى أني مجنون وما بي من جنون، ما بي إلا الجوع. ((رواه البخاري)).
Muhammad ibn Sirin (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Biz Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning huzurida edik. Uning egnida zaʼfaron bilan boʻyalgan ikkita zigʻir matodan kiyim bor edi. U burnini qoqdi-da: «Bah-bah! Abu Hurayra zigʻir matoga burnini qoqyaptimi! Holbuki men oʻzimni shunday koʻrgan edimki, Rasululloh ﷺ ning minbarlari bilan Oisha (roziyallohu anho)ning hujrasi orasiga hushimdan ketib yiqilar edim. Keladigan kishi kelib, oyogʻini boʻynimga qoʻyar va meni majnun deb oʻylardi. Vaholanki menda hech qanday jinnilik yoʻq edi, mendagi (dard) faqat ochlik edi», dedi.