- وعن أبي بردة عن أبي موسى الأشعري رضي الله عنه قال: خرجنا مع رسول الله صلى الله عليه وسلم في غزاة، ونحن ستة نفر بيننا بعير نعتقبه، فنقبت أقدامنا ونقبت قدمي، وسقطت أظافري، فكنا نلف على أرجلنا الخرق، فسميت غزوة ذات الرقاع لما كنا نعصب على أرجلنا من الخرق قال أبو بردة: فحدث أبوموسى بهذا الحديث، ثم كره ذلك، وقال: ما كنت أصنع بأن أذكره! قال: كأنه كره أن يكون شئياً من عمله أفشاه. ((متفق عليه))
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ bilan birga bir gʻazotga chiqdik, biz olti kishi edik, oramizda navbatma-navbat minib turadigan bir tuyamiz bor edi. Oyoqlarimiz teshilib ketdi, mening oyoqlarim ham teshilib, tirnoqlarim tushib ketdi. Shu sababli oyoqlarimizga latta oʻrar edik. Oyoqlarimizga latta bogʻlaganimiz uchun u Zotur-Riqoʼ gʻazoti deb nomlandi». Abu Burda dedi: Abu Muso bu hadisni aytdi-yu, soʻng buni yoqtirmadi. (Rovi) dedi: «Goʻyo u (Alloh yoʻlida qilgan) amalidan biror narsani oshkor qilganini yoqtirmadi».