- وعن أبي عبد الرحمن عوف بن مالك الأشجعي رضي الله عنه قال: كنا عند رسول الله صلى الله عليه وسلم تسعة أو ثمانية أو سبعة فقال: "ألا تبايعون رسول الله صلى الله عليه وسلم" وكنا حديثي عهد ببيعة، فقلنا: قد بايعناك يا رسول الله، فعلام نبايعك؟ قال: "على أن تعبدوا الله ولا تشركوا به شيئاً، والصلوات الخمس وتطيعوا" وأسر كلمة خفية: "ولا تسألوا الناس شيئاً" فلقد رأيت بعض أولئك النفر يسقط سوط أحدهم فما يسأل احداً يناوله اياه. ((رواه مسلم)).
Avf ibn Molik al-Ashjaʼiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ ning huzurlarida toʻqqiz yoki sakkiz yoki yetti kishi edik. Shunda (u zot:) «Rasulullohga bayʼat qilmaysizlarmi?» — dedilar. Holbuki, biz yaqindagina bayʼat qilgan edik. Shu sabab: «Sizga bayʼat qilgan edik-ku, yo Rasululloh!» — dedik. Soʻng (u zot yana:) «Rasulullohga bayʼat qilmaysizlarmi?» — dedilar. Biz: «Sizga bayʼat qilgan edik-ku, yo Rasululloh!» — dedik. Soʻng (u zot yana:) «Rasulullohga bayʼat qilmaysizlarmi?» — dedilar. (Avf) dedi: Shunda biz qoʻllarimizni choʻzdik va: «Sizga bayʼat qilgan edik-ku, yo Rasululloh! Endi sizga nima ustiga bayʼat qilamiz?» — dedik. (U zot:) «Ollohga ibodat qilishingiz va Unga hech narsani sherik qilmasligingiz, besh vaqt namozni (oʻqishingiz) hamda itoat etishingiz ustiga», — dedilar va bir soʻzni ohista pichirlab (aytdilar) — «yana odamlardan biror narsa soʻramasligingiz ustiga». (Avf dedi:) Darhaqiqat, men oʻsha kishilardan baʼzilarini koʻrdimki, birortasining qamchisi (yerga) tushib ketsa, uni olib berishni hech kimdan soʻramasdi.