- وعن أبي إبراهيم عبد الله بن أبي أوفى رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم في بعض أيامه التي لقي فيها العدو، انتظر حتى إذا مالت الشمس قام فيهم فقال: " يا أيها الناس لا تتمنوا لقاء العدو، واسألوا الله العافية، فإذا لقيتموهم فاصبروا، واعلموا أن الجنة تحت ظلال السيوف" ثم قال النبي صلى الله عليه وسلم : " اللهم منزل الكتاب ومجري السحاب ، وهازم الأحزاب، اهزمهم وانصرنا عليهم" ((متفق عليه)) وبالله التوفيق.
Abdulloh ibn Abu Avfo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dushman bilan roʻbaroʻ kelgan kunlarining birida quyosh ogʻgunicha kutib turdilar, soʻng (xalq oldida) qoʻzgʻalib, ularga: «Ey odamlar! Dushman bilan uchrashishni orzu qilmanglar va Allohdan ofiyat (omonlik) soʻranglar. Ular bilan toʻqnash kelsanglar esa, sabr qilinglar va biling, jannat qilichlar soyasi ostidadir», — dedilar. Soʻngra Nabiy ﷺ (yana) turib: «Allohim! Ey Kitobni nozil qilguvchi, bulutlarni harakatga keltirguvchi va (gʻanim) lashkarlarni magʻlub etguvchi Zot! Ularni magʻlub et va ularga qarshi bizga yordam ber», — dedilar.