- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " ما من يوم يصبح العباد فيه إلا ملكان ينزلان فيقول أحدهما: اللهم أعط منفقاً خلفاً، ويقول الآخر: اللهم أعط ممسكاً تلفاً" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bandalar tongni qarshilagan har bir kunda albatta ikki farishta tushib keladi. Ulardan biri: ‹Ey Alloh, (yaxshilik yoʻlida) infoq qiluvchiga (sarflaganining) oʻrnini ber›, deydi. Ikkinchisi: ‹Ey Alloh, (molini) ushlab qoluvchiga talofat (yoʻqotish) ber›, deydi», dedilar.