- وعن أبي أمامة صدى بن عجلان رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “يا ابن آدم إنك أن تبذل الفضل خير لك، وأن تمسكه شر لك، ولا تلام على كفاف، وابدأ يمن تعول واليد العليا خير من اليد السفلى" ((رواه مسلم)).
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ey Odam farzandi! Albatta sen ortiqchani (ehtiyojdan ortgan molni) sarflashing oʻzing uchun yaxshiroqdir; uni ushlab qolishing oʻzing uchun yomonroqdir. Yetarli (miqdorni saqlaganing) uchun esa malomat qilinmaysan. (Sadaqani) oʻzing boqadiganlardan boshla; yuqori qoʻl pastki qoʻldan yaxshiroqdir», — dedilar.