- وعن أبي كبشة عمرو بن سعد الأنمارى رضي الله عنه أنه سمع رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "ثلاثة أقسم عليهن وأحدثكم حديثاً فاحفظوه: ما نقص مال عبد من صدقة،ولا ظلم عبد مظلمة صبر عليها إلا زاده الله عزاً، ولا فتح عبد باب مسألة إلا فتح الله عليه باب فقر، أو كلمة نحوها وأحدثكم حديثاً فاحفظوه قال: إنما الدنيا لأربعة نفر:
عبد رزقه الله مالاً وعلماً، فهو يتقى فيه ربه، ويصل فيه رحمه، ويعلم لله فيه حقاً فهذا بأفضل المنازل.
وعبد رزقه الله علماً، ولم يرزقه مالاً فهو صادق النية يقول: لو أن لى مالاً لعملت بعمل فلان، فهو بنيته فأجرهما سواء.
وعبد رزقه الله مالاً، ولم يرزقه علماً، فهو يخبط فى ماله بغير علم، لا يتقى فيه ربه ولا يصل فيه رحمه، ولا يعلم لله فيه حقاً، فهذا بأخبث المنازل.
وعبد لم يرزقه الله مالاً ولا علماً، فهو يقول: لو أن لى مالاً لعملت فيه بعمل فلان، فهو بنيته، فوزرهما سواء” ((رواه الترمذى وقال: حديث حسن صحيح)).
Abu Kabsha al-Anmoriy (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan eshitganini rivoyat qiladi: U zot: «Uchta narsaga qasam ichaman va sizlarga bir hadis aytaman, uni yodda saqlanglar», dedilar. Soʻng: «Bandaning moli sadaqa sababli kamayib qolmaydi; banda biror zulmga uchrab, unga sabr qilsa, Alloh uning izzatini ziyoda qiladi; banda tilanchilik eshigini ochsa, Alloh unga faqirlik eshigini ochadi», — yo shunga oʻxshash bir soʻzni aytdilar. «Va sizlarga bir hadis aytaman, uni yodda saqlanglar», dedilar va: «Albatta, dunyo toʻrt kishi uchundir: Alloh mol va ilm bergan banda — u molida Robbidan qoʻrqadi, undan qarindoshlik rishtasini ulaydi va unda Allohning haqqi borligini biladi — bu eng afzal darajadagi kishidir. Va Alloh ilm bergan, lekin mol bermagan banda — u sodiq niyatli boʻlib: ‹Agar menda mol boʻlganida, men ham falonchining ishini qilgan boʻlardim›, deydi. Bas, u niyatiga koʻra (savob oladi), ikkalasining ajri barobardir. Va Alloh mol bergan, lekin ilm bermagan banda — u molini ilmsiz ravishda toʻs-toʻpolon sarflaydi, unda Robbidan qoʻrqmaydi, undan qarindoshlik rishtasini ulamaydi va unda Allohning haqqi borligini bilmaydi — bu eng yomon darajadagi kishidir. Va Alloh na mol, na ilm bergan banda — u: ‹Agar menda mol boʻlganida, men ham falonchining ishini qilgan boʻlardim›, deydi. Bas, u niyatiga koʻra (gunoh yuklanadi), ikkalasining gunohi barobardir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.