- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم: قال: “بادروا بالأعمال سبعاً، هل تنتظرون إلا فقراً منسياً، أو غنى مطغياً، أو مرضاً مفسداً، أو هرماً مفنداً، أو موتاً مجهزاً، أو الدجال، فشر غائب ينتظر، أو الساعة، فالساعة أدهى وأمر؟!” ((رواه الترمذى وقال: حديث حسن)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Amallarni (qilishga) yettita (narsadan) oldin shoshiling. Sizlar unutdiruvchi qashshoqlik, yoxud tugʻyonga soluvchi boylik, yoxud (badanni) buzuvchi kasallik, yoxud (aqlni) sustaytiruvchi qarilik, yoxud nogahon kelguvchi oʻlim, yoxud Dajjoldan — bu kutilayotgan eng yomon gʻoyib (balo)dir, yoxud Qiyomatdan — Qiyomat esa eng dahshatli va eng achchiqdir — boshqa narsani kutyapsizlarmi?» dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, uni al-Aʼrajning Abu Hurayradan rivoyatidan faqat Muharrir ibn Horun hadisi orqaligina bilamiz. Bishr ibn Umar va boshqalar ham buni Muharrir ibn Horundan rivoyat qilishgan. Maʼmar ham bu hadisni Said al-Maqburiydan eshitgan bir kishidan, u Abu Hurayradan, u Paygʻambar ﷺdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan va «tantazirun» deb keltirgan.