- وعن النعمان بن بشير رضي الله عنهما قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: “إن الحلال بين، وإن الحرام بين، وبينهما مشتبهات لا يعلمهن كثير من الناس، فمن اتقى الشبهات، استبرأ لدينه وعرضه، ومن وقع فى الشبهات، وقع فى الحرام، كالراعى يرعى حول الحمى يوشك أن يرتع فيه ألا وإن لكل ملك حمى، ألا وإن حمى الله محارمه، ألا وإن فى الجسد مضغة إذا صلحت صلح الجسد كله، وإذا فسدت فسد الجسد كله: ألا وهى القلب” ((متفق عليه. وروياه من طرق بألفاظ متقاربة))
Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim — Nuʼmon ikki barmogʻini quloqlariga (ishora qilib) keltirdi: «Albatta, halol ravshandir va albatta, harom ham ravshandir; ularning orasida shubhali narsalar bor, ularni odamlarning koʻpchiligi bilmaydi. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va orʼ-nomusini pok saqlabdi; kim shubhali narsalarga tushib qolsa, haromga tushibdi — xuddi qoʻriqxona atrofida (mol) boqayotgan choʻponday, u (molini) qoʻriqxona ichida boqib yuborishi yaqindir. Ogoh boʻlinglar! Har bir podshohning qoʻriqxonasi boʻladi; ogoh boʻlinglar! Allohning qoʻriqxonasi Uning harom qilgan narsalaridir. Ogoh boʻlinglar! Tanada bir parcha goʻsht boʻlib, u (parcha) tuzalsa, butun tana tuzaladi; u buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh boʻlinglar! U — qalbdir», dedilar.